Erdo‘g‘an Yevropaga “temir musht” bilan javob bo‘lishini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rasmiy Anqaraning gumanitar siyosatini tanqid qilishni davom ettirsa, Yevropa davlatlariga yana millionlab suriyalik qochqinlar uchun chegarani ochish bilan tahdid qildi. Bu haqda Polit ekspert nashri xabar bermoqda. 

Erdo‘g‘an NTV telekanalidagi efiri chog‘ida Suriyadan kelgan qochqinlar uchun koridor ochilishi bilanoq, Yevropa mamlakatlari norozilik bildira boshlaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bir kun baribir chegara ochiladi. 

Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, YeI barcha muhtojlarni ta’minlash uchun yetarli kuch va vositalarga ega. "Bundan tashqari, Gretsiyaga yuzga yaqin qochqinlar kelganida ham Turkiyani ayblashmoqda", deya ta’kidladi mamlakat rahbari.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakatida urushdan qochgan 4 millionga yaqin suriyalik bor. "Agar kimdir rasmiy Anqaraning gumanitar siyosatini zaif deb bilsa, "temir musht" bilan javob oladi", dedi Turkiya rahbari. 

9-oktyabrdan 22-oktabrgacha Turkiya kurd terrorchilarini 32 kilometr masofada SAR ichki qismiga siqib chiqarish uchun Suriyaning shimolida aksilterror operatsiyasini o‘tkazdi. Qo‘shni mamlakatda jangarilar va urushlardan qochgan qochqinlarni joylashtirish uchun ushbu hududda xavfsizlik zonasini yaratish rejalashtirilgan.

Keyinchalik murosa yechimi topildi. Rasmiy Anqara va Moskva memorandum imzoladilar, unga ko‘ra kurd terrorchilari SARning shimoliy chegarasidan 150 soat ichida chiqib ketadi.

Rossiya Federatsiyasining harbiy politsiyasi va Suriya chegarachilari bu jarayonni nazoratga oladi. Ushbu bosqich nihoyasiga yetgach, ular xavfsizlik zonasini qo‘riqlash uchun turk armiyasi bilan birlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Evropaga temir musht

Baholaganlar

107

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing