Erdo‘g‘an yetti oylik maoshidan voz kechdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yetti oylik maoshidan voz kechdi. Ma’lum bo‘lishicha, u maoshini mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish uchun xayriya qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘an koronavirus sabab yordamga muhtojlarga ko‘mak berish uchun xayriya aksiyasi boshlanganligini e’lon qildi. Turkiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat vazirlari ham xayriya kampaniyasiga mablag‘ ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada ilk bor koronavirus holati 11 mart kuni aniqlangan edi. Shu vaqt mobaynida ushbu mamlakatda jami 10 827 nafar odam koronavirusdan kasallandi. Ularning 168 nafari vafot etdi, 162 nafari esa sog‘ayib ketdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Koronavirus Xayriya

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing