Erdo‘g‘an yangi hukumat tarkibini e’lon qildi
Olam
−
04 iyun 2023
12051Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qildi. Davlat rahbari Anqaradagi Chankaya qarorgohida tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat hukumatining yangi a’zolarini tanishtirdi.
“Turk asrida maqsadlarimizga erishish uchun birgalikda harakat qiladigan yangi Vazirlar Mahkamasini sizlarga taqdim etaman”, deydi Prezident Erdo‘g‘an.
Vazirlar Mahkamasi quyidagi tarkibda tuzildi:
Jevdet Yilmaz Turkiyaning yangi vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Adliya vaziri - Yilmaz Tunch
Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri – Mahinur O‘zdemir Go‘ktosh
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri - Vedat Ishikxon
Atrof-muhit va urbanizatsiya vaziri - Mehmet Ozxaseki
Tashqi ishlar vaziri – Xoqon Fidan
Energetika va tabiiy resurslar vaziri – Alparslan Bayraktar
Yoshlar va sport vaziri - Usmon Ashkin Bak
G‘aznachilik va moliya vaziri - Mehmet Shimshek
Ichki ishlar vaziri - Ali Yerlikaya
Milliy ta’lim vaziri - Yusuf Tekin
Milliy mudofaa vaziri - Yashar Guler
Sog‘liqni saqlash vaziri - Fahrettin Koja
Madaniyat va turizm vaziri - Mehmet Nuri Ersoy
Sanoat va texnologiya vaziri - Mehmet Fatih Kasir
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri - Ibrohim Yumakli
Savdo vaziri - Omer Bolat
Transport va infratuzilma vaziri - Abdulqodir Uralo‘g‘li
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning yangi hukumatiga muvaffaqiyatlar tilagan.
LiveBarchasi