Erdo‘g‘an yana bir bor Kremlni xotirjam qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Moskva bilan muloqotga katta ahamiyat berishini va unga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish niyatida emasligini aytdi.

“Biz avvalroq Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmasligimizni bir necha bor ta’kidlagan edik va buning sabablarini tushuntirdik. Rossiyaning harbiy harakatlariga munosabatimizni bildirar ekanmiz, biz ham muloqotimizni davom ettirishga katta ahamiyat beramiz. Bu muloqot nafaqat Ukraina nuqtai nazaridan muhim va zarur, biz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ko‘plab geografik jihatlar uchun ham kerak. Gap Suriya, Liviya va Janubiy Kavkaz haqida ketyapti”, deya Erdo‘g‘anning O‘zbekistondan qaytish chog‘ida turk jurnalistlariga aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirdi CNN Turk telekanali.

Avvalroq Anqara Turkiya o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazmaslik va Rossiya Federatsiyasi bilan muloqot kanalini ochiq qoldirish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Keyinroq Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, undan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

751

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing