Erdo‘g‘an va To‘qayev Rossiya-Ukraina urushida kimning tomonida ekanlarini ochiqladilar

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi asosida inqirozning tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori. Bu haqda kecha, 10 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Turkiyaga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochildi. 

Anjumanda Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya va Qozog‘istonning Ukraina inqirozi bo‘yicha ikki mamlakatning qarashlari bir xil ekanini urg‘uladi: 

“Mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdik. Xususan, Ukrainadagi vaziyatning mintaqaviy va global oqibatlarini muhokama qildik. Xususan, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi asosida inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi qarashlarimiz bir-biriga mos kelishini kuzatdik”. 

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Rossiya-Ukraina urushi Turkiya va Qozog‘istonning ham o‘zaro, ham Turkiy davlatlar tashkilotidagi birdamligi va hamkorligi nechog‘liq muhimligini ko‘rsatgan. 

“Ma’lumki, biz Ukrainadagi urushni tugatish uchun birinchi kundanoq katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdik. Albatta, bu urush davlatlarimizning ham ikki tomonlama darajada, ham Turkiy davlatlar tashkiloti ostidagi birdamligi va hamkorligi muhimligini yana bir bor ochib berdi. 

Hurmatli birodarim bilan Turkiy davlatlar tashkiloti, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi platformalarda birdamligimizni davom ettirish qarorimiz borligini tasdiqladik. 

Bundan tashqari, oktyabr oyida Qozog‘istonda Strategik hamkorlik kengashi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazamiz, deb umid qilaman”, deydi Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Qosim-Jomart To'qaev Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

910

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing