Erdo‘g‘an va rafiqasini Shavkat Mirziyoyev xonim Mirziyoyeva bilan kutib oldi

Jamiyat 11567
image
-

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Istanbuldan yo‘lga chiqqan samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni va rafiqasi – birinchi xonim Emina Erdo‘g‘anni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i – birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan kutib oldi. 

Shuningdek, kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O‘lgan Bekar ham qatnashgan. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-30 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifni amalga oshirmoqda. 

Prezident Erdo‘g‘anga rafiqasidan tashqari, Adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘,  Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin, Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja va Savdo vaziri Mehmet Mush va Prezident Administratsiyasi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Altun hamrohlik qilmoqda. 

Tashrif doirasida Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Rasmiy Anqaraga ko‘ra, Prezidentlar raisligida va tegishli vazirlar ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Kengash yig‘ilishida Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik darajasi har tomonlama ko‘rib chiqiladi va bu boradagi qadamlar muhokama qilinadi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilinadi. 

Uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi. 

Kengash yig‘ilishi munosabati bilan Turkiya-O‘zbekiston munosabatlarining shartnomaviy zaminiga salmoqli hissa qo‘shadigan turli kelishuv va anglashuv memorandumlarining imzolanishi ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 381
Reyting: 3.1
t
×