Erdo‘g‘an va Putin Liviya masalasini muhokama qildi
Olam
−
10 iyun 2020
4326Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 10 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari Liviya va Suriyaning Idlibidagi jarayonlarga diqqat qaratib, mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Suhbat davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi, shuningdek, pandemiya asoratlariga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha fikr almashilgan.
Erdo‘g‘an va Putin ikki tomonlama munosabatlarning holati ham so‘z yuritishgan.
LiveBarchasi