Erdo‘g‘an va Asad avgust oyida uchrashishi mumkin

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv  avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Turkiye” gazetasi xabar berdi.

“Anqaradagi manbalar uchrashuv istalgan vaqtda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi varianti Iroq edi, biroq endi Anqara uchrashuvni Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi “Kasab\Yayladagi ” nazorat-o‘tkazish punktida o‘tkazishni ma’qul ko‘rmoqda. Jarayon juda tez ketmoqda, ikki yetakchining qo‘shma surati avgust oyida paydo bo‘lishi mumkin”, deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etishi mumkin. 24 iyul kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil qilish ustida ish olib borayotganini aytdi. Shu bilan birga, vazir "aniq bir narsa haqida gapirishga erta" ekanligini ta’kidladi. 

O‘z navbatida, Suriya Prezidenti turkiyalik mavqedoshi bilan “mamlakat manfaatlariga javob beradigan” uchrashuvga tayyor ekanini aytgan.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Erdo'g'an Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing