Erdo‘g‘an O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ayni vaqtda rasmiy Toshkent Erdo‘g‘anning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining xabarnomasida so‘z boradi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 aprel kuni Bangladesh Xalq Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Turkiya Respublikasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari va Rossiya Federatsiyasi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. Ushbu marosim haqidagi xabarnomada Prezident Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani aytilgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti oliy darajada o‘tkazilayotgan muntazam va samarali muloqotlar tufayli Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlarida erishilgan bugungi darajani yuqori baholadi.

“Bugun ishonchga asoslangan siyosiy muloqot qaror topdi. Pandemiyaga qaramasdan, delegatsiyalar bilan almashinuv faol davom etmoqda. Xususan, keyingi oylarda Turkiya tashqi ishlar va savdo vazirlari boshchiligidagi delegatsiyalar tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida yirik savdo, investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo muloqotlar yo‘lga qo‘yildi, ta’lim, madaniyat va kino sohalarida qo‘shma dastur va tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, bo‘lajak sammitlarga – Turkiy kengashning Istanbuldagi navbatdagi yig‘ilishi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, 2016 yildan boshlab O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochildi. 2016 yilning noyabr oyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston so‘nggi tashrifini 2018 yilning 30-31 aprel – 1 may kunlari amalga oshirgan edi.  Ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘tkazgan uchrashuvlar tarixiy munosabatlarda yangi ahamiyat kasb etdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2020 yilning 19-20 fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tashrifning ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi “Xalq kutubxonasi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing