Erdo‘g‘an o‘z rejimiga nisbatan senzura ayblovlariga javob qaytardi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arbni matbuot erkinligiga nisbatan ikki tomonlama standartlar siyosatini yuritishda aybladi. 

“Turkiyani senzurada ayblayotganlar haqiqiy senzura o‘rnatayotganlar (Twitter) haqida sukut saqlaydi. Yaqinda qo‘l almashgan ijtimoiy media kompaniyasida ham xuddi shunday ikki tomonlama standartlarni ko‘ramiz. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlikdan aslo murosaga kelmaydigan bu ijtimoiy media platformasi kimlar bilan ish olib borishi, parda ortida nima xizmat qilishi, odamlar va o‘ziga yoqmaydigan g‘oyalarni qanday senzura qilishi haqidagi haqiqatlar birma-bir oshkor bo‘lmoqda”, deydi davlat rahbari Anqarada 7-Anadolu media mukofotlari marosimida. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, xalqaro ommaviy axborot vositalari ham, inson huquqlari tashkilotlari ham bunday shov-shuvli faktlar haqida sukut saqlamoqda.  

“Millardlab odamlar bilan muloqot qilish huquqini tortib olganlar hech narsa bo‘lmagandek demokratiya va erkinliklar haqida gapirishda davom etmoqda”, deydi u. 

Shuningdek, u Turkiyadagi so‘z erkinligi bo‘yicha hisobot tayyorlayotganlar gap o‘z manfaatlari haqida ketganida nimalar qilishiga to‘xtalgan:

“Turkiyadagi demokratiya, inson huquqlari va matbuot erkinligi holati haqida hisobot tayyorlayotganlar o‘zlari va manfaatlari haqida gap ketganda naqadar fashist ekanini barchamiz yaxshi bilamiz”. 

Prezident Erdag‘an, o‘zini jurnalist sifatida ko‘rsatib, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni chop etgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terror tashkiloti a’zolarini qo‘llab-quvvatlaganlarni ham tanqid qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing