Erdo‘g‘an Ukrainaga keldi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 3 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Ukrainaga keldi. Bu haqda ikki mamlakat nashrlari xabar bermoqda. 

Turkiya Prezidentini Borispol xalqaro aeroportida Ukraina Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vasiliy Bodnar kutib oldi. 

Erdo‘g‘anga Adliya vaziri Abdulhamid Gul, G‘azna va moliya vaziri – kuyovi Berat Olbayroq, Savdo vaziri Ruhsor Pekjan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Fahriddin Altun hamrohlik qilmoqda. 

Kiyevdagi Mariinskiy saroyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Prezidentlarning yakkama-yakka formatdagi uchrashuvidan so‘ng, Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyib Erdo‘g‘an raisligida Oliy darajadagi Strategik Kengashning sakkizinchi yig‘ilishida ishtirok etadilar. Shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ham Ukrainaga tashrif buyurib, Prezidenti Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing