Erdo‘g‘an Ukrainadagi urush tugashi uchun hamma narsaga tayyorligini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishini va har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi umumiy siyosiy debatdagi nutqi davomida aytdi. 

“Biz avvaliga bu urushda g‘olib yoki mag‘lub bo‘lmaydi, deb aytgandik. Turkiya doimiy ravishda tomonlarni muzokara stoliga o‘tirishga chaqirib keladi. Biz urushni diplomatiya va muloqot yo‘li bilan tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni tobora ko‘proq davom ettiramiz. Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun biz har qanday yordamni ko‘rsatishga, buning uchun chora ko‘rishga tayyormiz”, deydi u. 

Erdo‘g‘an don shartnomasini qayta tiklash istiqbollari haqida gapirar ekan, Anqara “g‘alla bo‘yicha kelishuvlarni qayta tiklash uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishini” va “don kelishuvining barcha shartlarini bajarmaslik yangi inqirozlarga olib kelishini” aytdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHga tashrifi davomida PBS telekanaliga intervyu bergan Erdo‘g‘an, G‘arb qanchalik ishonchli bo‘lsa, Rossiya ham Turkiya uchun shunchalik ishonchli hamkor ekanini aytgandi. Shuningdek, u Ukrainadagi mojaro “uzoq davom etishini aytib, Turkiya uning "imkon qadar tezroq tugashiga" umid qilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing