Erdo‘g‘an Ukraina va Rossiyani yarashtirmoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 3 dekabr kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muzokara o‘tkazadi. Suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Ukrainadagi vaziyatga to‘xtaladi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu ma’lum qildi. 

“Biz ikki tomon (Rossiya va Ukraina) bilan aloqadamiz va vaziyatni yumshatish tarafdorimiz. Men yaqinda Lavrov (Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov) va Kuleba (Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba) bilan muzokaralar o‘tkazdim. Juma kuni Prezidentimiz Prezident Putin bilan muzokaralar olib boradi”, degan vazir. 

Bundan tashqari, Chavusho‘g‘lu YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Stokgolmda 2-3 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi doirasida Lavrov va Kuleba bilan uchrashuv o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. 

“Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar “muammoni hal qilmaydi” va Ukrainaga yordam bermaydi, deb hisoblaydi. Biz sanksiyalar muammoni hal etmasligiga ishonamiz, bu o‘tmishda ham muammoni hal qilmagan. Biz bir qator davlatlarga qanday sanksiyalar kiritilganini ko‘rdik, ba’zida o‘zimiz ham sanksiyalar nishoniga aylanganmiz, ammo bu muammoni hal qilmaydi. Agar biz, masalan, sanksiyalar o‘rniga cheklovni tanlasak, bu maqsadli bo‘lishi kerak. Lekin biz Turkiya sifatida tiyilish va muloqot o‘rtasida to‘g‘ri muvozanat borligiga ishonamiz. Shunday ekan, faqat sanksiyalar qo‘llash orqali Ukraina yoki boshqa mamlakatga yordam berish mumkin bo‘lmaydi”, degan u. 

So‘nggi paytlarda G‘arbda va Ukrainada Rossiyaning Ukraina hududiga “bostirib kirishi” mumkinligi haqidagi bayonotlar tobora ko‘payib bormoqda. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi va Rossiya hech kimga tahdid solmasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi muammoni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing