Erdo‘g‘an Turkiya Konstitutsiyasini yangilamoqchi

Olam

image

Turkiya Respublikasi o‘zining konstitutsiyasini yangilashi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Ehtimol, Turkiyada yana yangi konstitutsiyani muhokama qilish vaqti keldi. Agar biz Xalq alyansidagi hamkorlarimiz bilan bir to‘xtamga kelsak, yaqin vaqtlarda yangi konstitutsiya bo‘yicha choralarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi”, degan Erdo‘g‘an.

Prezident Erdo‘g‘an yangi konstitutsiya ustida ish shaffof tarzda olib borilishi va yakuniy matnni xalq ma’qullashi uchun topshirilishi kerakligini ta’kidladi.

“Hujjatning yakuniy matni millatning ixtiyoriga ko‘ra taqdim etilishi kerak”, degan Turkiya rahbari.

Pandemiya fonida Turkiyadagi iqtisodiy vaziyatni sharhlar ekan, Prezident Erdo‘g‘an so‘nggi xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra G20 davlatlari orasida faqat Turkiya va Xitoy 2020 yilni ijobiy o‘sish bilan yakunlashi mumkinligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda mamlakat jamoatchiligiga hukumat tomonidan tayyorlangan iqtisodiy islohotlar paketlarining “falsafasi, maqsadlari va vazifalari” taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1982 yil 7 noyabrda qabul qilingan. Bu mamlakat tarixidagi beshinchi Konstitutsiya hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Konstitutsiya

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing