Erdo‘g‘an Turkiya dunyo siyosatida yetakchi bo‘lishga intilayotganini aytdi

Olam

image

Turkiya koronavirus pandemiyasidan keyin shakllanadigan dunyoda o‘ziga loyiq o‘rinni egallash uchun qat’iy harakat qiladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Adolat va taraqqiyot” partiyasi a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

“Bu maqsad yo‘lida birinchi navbatda huquqiy va iqtisodiy tizimni yaxshilash, ishlab chiqarish va bandlikni oshirish choralari ko‘riladi”, degan Erdo‘g‘an.

Prezident shuningdek, rasmiy Anqara yevrointegratsiyaga intilishi va kelajagini Yevropa bilan qurish istagi haqida ham aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hukumat barcha do‘st davlatlar bilan aloqalarni yaxshilash niyatida.

“Turkiya barcha mintaqaviy va global muammolarni yechishda AQSH bilan yaqin ittifoqchilik aloqalaridan ham foydalanishga tayyor”, deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an nutqi davomida koronavirus pandemiyasi davrida Turkiya bilan hamkor barcha davlatlar ham kuchli bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. U mamlakatning dunyodagi mavqeyi borasida gapirganda gap yetakchi o‘rin haqida ketayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashyapti. Mamlakatda dam olish kunlari lokdaun e’lon qilindi. Ma’lum vaqtlarda komendantlik soati joriy qilindi. Keyinroq komendantlik soati sayyohlarga taalluqli emasligi ham aytib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing