Erdo‘g‘an Turkiy dunyoda yagona alifboni qabul qilishga chaqirdi

Olam

image

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarda yagona alifbo bo‘lishi kerak. Bu haqdagi chaqiriq bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitida yangradi. 

Sammitda nutq so‘zlagan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashda til birligining ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanishini bildirdi. 

“Birinchi qadam – alifbo birligini ta’minlash. Bu borada Prezidentlarning ko‘magi juda muhim. Oliy ta’lim kengashimiz tomonidan kotibiyatimizga yetkazilgan takliflar siz aziz birodarlarim tomonidan to‘g‘ri baholanishiga ishonaman”, deydi Erdo‘g‘an. 

Shuningdek, Erdo‘g‘an, barcha yo‘nalishlar bilan bir qatorda til, madaniyat va tarix mushtarakligiga asoslangan insoniy munosabatlarni yaxshilash maqsadida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirayotganini urg‘uladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing