Erdo‘g‘an turk futbolchilarini tabrikladi
Sport
−
03 iyul 2024 7721 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat futbol jamoasini Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatida chorak finalga chiqqani bilan tabrikladi.
2 iyul kuni Leypsigda Turkiya terma jamoasi Yevro-2024 1/8 finalida Avstriya termasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida Avstriyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan futbol jamoamizni chin yurakdan tabriklayman. Jamoaga chempionlik yo‘lida muvaffaqiyatlar tilayman”, deyiladi davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Turklar Yevropa chempionati chorak finalida Niderlandiya bilan o‘ynaydi, uchrashuv 6 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya Prezidenti mamlakat terma jamoasi futbolchilarini medal bilan taqdirlagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025