Erdo‘g‘an Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi. Bu haqda u AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan telefon suhbatida ma’lum qildi.

“Prezident Erdo‘g‘an noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlari Amerika xalqiga foyda keltirishi va Turkiya-Amerika munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi”, deyiladi Turkiya Prezidenti ma’muriyatining suhbat yakunlari bo‘yicha bayonotda.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Trampga uyushtirilgan suiqasdni yana bir bor qoraladi va unga tezroq tuzalib ketishini tiladi.

Ma’lumot uchun, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirilgan. O‘q uning o‘ng qulog‘iga tekkan. Miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.

Otishma sodir etgan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks sobiq prezident xavfsizligini ta’minlagan AQSH maxfiy xizmati xodimlari tomonidan voqea joyida otib o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made