Erdo‘g‘an Tramp bilan AQSH qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni muhokama qilmoqchi
Olam
−
08 noyabr
2632Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng Anqara Yaqin Sharq muammolarini muhokama qilishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Akit” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya tomoni saylovlar o‘tishi bilanoq Tramp bilan aloqalar o‘rnatishga kirishgan.
“Biz Donald Tramp bilan yangi muddatda ham muzokaralarni davom ettiramiz va avval kelishilgan masalalarga muvofiq Yaqin Sharqdagi voqealarni muhokama qilamiz. Masalan, AQSH qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish va terrorchi Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqamiz”, dedi Turkiya Prezidenti jurnalistlarga.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Anqara Vashington bilan Isroilning HAMAS va “Hizbulloh” harakatlari bilan urushi masalasini ham muhokama qilish niyatida ekanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Donald Tramp inqirozni hal qilishga qodir.
“Umid qilamizki, Trampning ikkinchi muddati davomida mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatiladi”, dedi Erdo‘g‘an.
Ma’lumot uchun, 2014 yil AQSH ISHIDga qarshi kurashish uchun Suriyaga qo‘shin kiritgan. 2018 yil dekabrida Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Tramp butun kontingentni ikki oy ichida olib chiqishga rozilik bildirganini aytgan. O‘shanda mamlakatda taxminan 2 ming amerikalik harbiylar bo‘lgan. 2024 yil holatiga ko‘ra, mintaqada taxminan 900 harbiy qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng, Turkiya AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli respublikaning moliyaviy institutlariga ko‘rsatayotgan bosimini kelgusi davrda kamaytirishini kutayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi