Toshkentga uchayotgan Erdo‘g‘anni Dushanbeda ham kutishmoqda

Olam

image
Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi north_east

Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni rasman mamlakatiga taklif qildi. Bu taklifni Rahmon bugun, 1 iyul kuni Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan uchrashuvda bildirdi. Bu haqda Hulusi Akar matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Men Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga Turkiya Prezidentining yaqin kelajakda Tojikistonga tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qildim”, degan Akar.

Mudofaa idorasi rahbari Tojikiston rahbari bilan uchrashuvi samarali bo‘lganini aytib, unda Imomali Rahmonning mintaqaviy masalalar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini bilish imkoni bo‘lganini urg‘uladi. Akar Erdo‘g‘anning tashrifi va ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi uchun yangi kuch berishiga ishonishini ta’kidladi.

“Bugun biz hamkorlikning ba’zi masalalari bo‘yicha ham fikr almashdik. Aytishim mumkinki, bizning mamlakatlarimiz xalqaro masalalarda o‘xshash pozitsiyaga ega. Biz Tojikiston Respublikasiga do‘stona, qardosh mamlakat va Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim sherik sifatida qaraymiz”, deydi Akar.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar, jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.

“Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan bugungi uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat mudofaa vazirliklari turli sohalarda, jumladan, mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashi, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga yangi turtki berish uchun ikki tomonlama tashriflarni yanada kuchaytirishi kerak”, degan Hulusi Akar.

Avvalroq, Hulusi Akar Qirg‘izistonga tashrifidan keyin qo‘shni Tojikistonga borgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil oxirigacha Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya-Tojikiston

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing