Erdo‘g‘an TDT davlatlari uyg‘urlarni himoya qilmoqchiligini aytdi

Olam

image

Turkiy davlatlar tashkiloti Xitoy bilan uyg‘urlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muloqot olib bormoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi nutqida so‘z ochdi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiy davlatlar tashkilotining bosqichma-bosqich alohida e’tiborga molik tashkilotga aylanib borayotganini, kuzatuvchi davlatlar Vengriya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ishtiroki bilan tashkilot namunali hamkorlik modeliga aylanganini urg‘uladi. 

U tashkilotga a’zo davlatlar turkiy dunyo o‘laroq birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashini bildirdi. 

“Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga hurmat doirasida, uyg‘urlarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun Xitoy bilan yaqin muloqotdamiz”, deydi Prezident.  

Ma’lumot uchun, Shinjondagi eng ko‘p sonli etnik ozchiliklardan biri uyg‘urlar bo‘lib, ularning aksariyati Islom diniga e’tiqod qiladi. 2018 yil avgust oyida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari ma’lum qilganidek, ushbu millat vakillarining 1 million nafarga yaqin vakillari Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi “axloq tuzatish lagerlarida” noqonuniy hibsga olingani haqida ma’lumot olgan. XXR hukumati bunday xulosalarni bir necha bor rad etgan. 

Prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQSHning avvalgi ma’muriyati 2021 yilning yanvarida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb atagan edi. Jo Bayden boshchiligidagi AQSHning hozirgi ma’muriyati bu ayblovni takrorladi.

Ma’lumot uchun, Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston a’zo. Turkiyadan boshqa davlatlar tomonidan tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Vengriya tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an BMT Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing