Erdo‘g‘an Suriya masalasida jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
Olam
−
05 may 2020
7034Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyaning shimoli-sharqida hukumat armiyasi va terrorchi tashkilotlar tomonidan qilingan hujumlarga toqat qilmoqchi emasligini va ular davom etsa, harbiy choralar ko‘rishini aytdi.
“Xavfsizlik zonasi (Suriyaning shimolida) bo‘yicha kelishuvlarimizni buzadigan davomli hujumlarga endi toqat qilmaymiz. Agar rejim va terrorchilik tashkiloti nazoratga olinmasa, biz choralar ko‘ramiz”, dedi Erdo‘g‘an xalqqa qilgan murojaatida.
Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat fevral oyi oxirida, “Hayyat Tahrir ash-Shom” guruhining terroristlari Suriya hukumat kuchlari pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirgan paytda keskinlashdi. Rossiya qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Suriya armiyasi o‘t ochdi. Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk harbiylari ham bombardimon ostida qoldi.
Rossiya Federatsiyasi va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Toyib Erdo‘g‘anning 5 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng tomonlar “Ostona” formatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlashdi va sulhni e’lon qilishdi. Bundan tashqari, Moskva va Anqara muhim M-4 avtomobil yo‘lini birgalikda qo‘riqlashga kelishib oldi.
LiveBarchasi