Erdo‘g‘an Shtaynmayerga Isroil falastinliklarning o‘limi uchun badal to‘lashini aytdi

Olam

image
Erdo‘g‘anning tashrifi nemis siyosatchilariga yoqmadi north_east

Erdo‘g‘anning tashrifi nemis siyosatchilariga yoqmadi

Kecha, 17 noyabr kuni Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Berlinda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar qildi.

Frank-Valter Shtaynmayer turkiyalik mavqedoshini Belvyu qarorgohida kutib oldi. Rajab Toyib Erdo‘g‘an Faxriy mehmonlar kitobiga yozuv qoldirgandan keyin Turkiya va Germaniya rahbarlarining yakkama-yakka va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.

Turkiya Prezidenti muzokaralar davomida Isroil Falastin hududlariga hujumlarini to‘xtatishi kerakligini aytdi. Erdo‘g‘an falastinliklarga nisbatan inson huquqlari buzilishiga butun dunyo hamjamiyatidan munosib javob berish zarurligiga ishora qildi.

Xabarga ko‘ra, uchrashuvda Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi, Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va global muammolar muhokama qilingan.

Turkiya davlat rahbari mintaqada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatib, gumanitar yordam yetkazilishi ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, "qon to‘kilishi davom etar ekan, insoniyat har kuni yo‘qoladi".

Yetakchilar Isroil-Falastin muammosini hal qilish va barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘li ikki davlat yechimi ekanini qayd etgan. 

Bildirilishicha, Prezidentlar Falastinda o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqaga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash uchun hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Uchrashuvda Turkiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Savdo vaziri O‘mer Bolat, hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi o‘rinbosari Zafer Sirakaya, Turkiyaning Berlindagi elchisi Ahmet Bashar Shen, Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun va Xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchi elchi Akif Chagatay Qilich qatnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing