Erdo‘g‘an SHHT qaysi holatda Turkiyaning “kuniga yarashi”ni aytdi

Olam

image

Ba’zi davlatlar o‘zini boshqalardan ajratib olishga urinayotgani sababli dunyoda keskinlik kuchaymoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 16 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidagi nutqida gapirdi.

U Turkiya Ukrainadan Afrika davlatlariga oziq-ovqat yetkazib berilishi zarurligiga e’tibor qaratishga harakat qilayotganini urg‘uladi. 

“Biz Qora dengiz orqali Ukraina donini eksport qilishda BMT va manfaatdor tomonlar bilan juda samarali hamkorlik qilyapmiz. Ukrainadan g‘allaning asosan Afrikadagi birodarlarimiz va opa-singillarimizga yetib borishiga e’tibor qaratishga harakat qilyapmiz, ayniqsa, bunga muhtoj bo‘lganlarga”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari Anqara SHHT bilan hamkorlikni, asosan, xavfsizlik sohasida kengaytirishni niyatida ekanini aytgan. 

"SHHT – bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalari ilgari suriladigan juda hurmatli va ishonchli platforma. Turkiya Anqara va SHHT o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi davom etishiga chin dildan ishonadi. Biz SHHT bilan hamkorlikni, asosan, xavfsizlikni ta’minlash sohasida kengaytirishni kutamiz”, deydi u. 

Erdo‘g‘an yanada adolatli dunyo tartibini o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. 

“Hammamiz bilamizki, global tizim islohotga muhtoj. Bizga yanada adolatli dunyo tartibi, yanada vakillik, qamrab oluvchi va samarali dunyo tartibi kerak. Buning ustida ishlayapmiz, mintaqamizda faol ishtirok etmoqdamiz. Biz chegaralarimizni mustahkamlaymiz, butun mintaqa chegaralarini mustahkamlaymiz”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Putin 7 sentyabr kuni Sharqiy iqtisodiy forumdagi nutqida Ukraina doni dastlab aytilganidek asosan nochor va rivojlanayotgan davlatlarga emas, Yevropaning rivojlangan mamlakatlariga jo‘natilayotganini qoralagandi. RF Prezidenti bu masalani Erdo‘g‘an bilan muhokama qilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Kelishuv kuchga kirganidan keyin avgust oyida Ukraina portlaridan 1,67 million tonnadan ortiq oziq-ovqat eksport qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an ShHT

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing