Erdo‘g‘an saylovga 5 kun qolganida davlat xizmatchilarining maoshini 45 foizga oshirdi
Olam
−
10 may 2023
7399Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an prezidentlik sayloviga besh kun qolganida davlat xizmatchilarining maoshlari oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
“Biz ish haqini 45 foizga oshirmoqdamiz, jumladan, ijtimoiy ta’minot ulushini ham. Shunday qilib, biz davlat xizmatchilarining eng past maoshini oyiga 15 ming liraga (760 dollardan ortiq) oshiryapmiz”, deydi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, u davlat xizmatchilarining maoshi va pensiyalarini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.
“Anadolu” xabariga ko‘ra, rasmiylar 2023-2024 yillarda 700 mingga yaqin davlat xizmatchisining maoshini oshirish niyatida. Bundan tashqari, ular qo‘shimcha ish haqi, tungi ishchilarning ish haqi va faxriylarning nafaqalarini oshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezidentning asosiy raqibi 74 yoshli muxolifat nomzodi, Turkiya parlamenti deputati Kamol Qilichdarog‘ludir. Oldinroq o‘tkazilgan so‘rovlar Qilichdoro‘g‘li prezidentlik poygasi arafasida Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan o‘zib ketganini ko‘rsatgan edi. Respondentlarning 46,5 foizi muxolifatchiga ovoz berishga tayyorligini bildirgan, Erdo‘g‘anni esa respondentlarning 42,4 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi