Erdo‘g‘an saylovda asosiy raqibidan 4% ortda qolmoqda – Ijtimoiy so‘rov

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hozirda prezidentlik poygasidagi asosiy raqibi – “Jumhuriyat Xalq” partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘liga qariyb 4 foiz ovozni boy bermoqda. Bugun, 23 mart kuni T24 portalining xabar berishicha, bunday natijalar “Mak Danışmanlık” kompaniyasining jamoatchilik fikri so‘rovi natijasida ko‘rsatilgan. 

Tadqiqot 8-15 mart kunlari Turkiyaning 81 viloyatidan 53 tasida o‘tkazilgan va u yerda 5,7 mingdan ortiq fuqaro so‘rovnomada ishtirok etgan. Erdo‘g‘an 42,4%, Kilichdoro‘g‘li esa 46,5% ovoz olgan. Shu bilan birga, so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 7,7 foizi ikki nomzodni ham tanlamagan. 

Partiyalarni qo‘llab-quvvatlashiga kelsak, respondentlarning 34,2 foizi Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasini, 26 foizi “Jumhuriyat Xalq” partiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bilan ittifoqchi Millatchi Harakat Partiyasi (MHP) 6,3%, “Jumhuriyat Xalq” partiyasi bilan birlashgan “Yaxshilik” partiyasi 13, 6% ovoz olmoqda. Alyanslarning birortasiga hali ochiq qo‘shilmagan kurdparast “Xalq Demokratiya” partiyasi 9,3% ovoz oladi. 

“Yöneylem” markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov, o‘z navbatida, biroz boshqacha natija ko‘rsatdi. Unda 30,2 foiz ovoz bilan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi yetak bo‘lgan.  “Jumhuriyat Xalq” partiyasi 24,2%,  “Yaxshilik” partiyasi 8%, MHP 5,9% va kurd tarafdori “Xalq Demokratiya” partiyasi 8,4% ovoz olgan. So‘rov kichikroq qamrovga ega bo‘lib, unda 18 martdan 20 martgacha mamlakatning 27 viloyatida 2,4 ming kishi ishtirok etgan. 

Turkiyada ijtimoiy so‘rovlar o‘nlab turli kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladi, ularning ma’lumotlari hozircha ancha jiddiy tarqalmoqda. Buning sababi, saylovga 50 kundan ortiq vaqt qolgani, nomzodlar va partiyalarning o‘zlari esa hali faol tashviqot ishlarini boshlamaganidir. 

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovning birinchi bosqichida g‘alaba qozonish uchun prezidentlikka nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Parlamentga ro‘yxat bo‘yicha kirish uchun partiyalar 7 foizlik saylov chegarasidan o‘tishlari kerak.Avvalgi prezidentlik saylovlari 2018 yil 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda Erdo‘g‘an 52,6% ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Toshkent Turkiyada o‘tadigan prezidentlik saylovida mamlakatning amaldagi rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ochiq bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Kamol Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing