Erdo‘g‘an saroyida bolalarni qabul qildi

Olam

Kecha, 23 aprel kuni Turkiyada Buyuk Millat Majlisi - parlament tuzilganining 100 yilligi va bolalar kuni nishonlandi. Ushbu bayram bu safar yangi turdagi koronavirus COVID-19 pandemiyasi tarqalgan davrga to‘g‘ri kelgani, 23 apreldan 26 aprelgacha mamlakatning 30 ta yirik viloyatlarida komendantlik soati e’lon qilingani uchun har yilgi an’anaga ko‘ra nishonlanmadi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahridagi saroyida turli millat vakillari bo‘lgan mamlakat bolalarini qabul etdi. Bunda na niqob qoidasiga amal qilindi va na masofa saqlandi. 

Soat 21:00 da mamlakatning barcha shaharlarida bolalar ota-onalari hamrohligida uylarining balkoni va derazasidan turib, mamlakat madhiyasini kuyladilar. Ushbu aksiyaga davlat rahbari ham qo‘shildi. U saroyida mehmon bo‘lgan bolalar xorligida madhiyani kuyladi va ushbu lahzalar mamlakat bosh telekanali orqali namoyish etildi. 

Ma’lumot o‘rnida, 1920 yil Turkiyada ilk bor Buyuk Millat Majlisi - parlament tashkil etilgan. Mamlakatning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk ushbu bayramni dunyo bolalariga armug‘on etgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qilib, ushbu bayram bilan muborakbod etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing