Erdo‘g‘an Rossiyadagi BRICS sammitida qatnashadi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya hukumatining Qozondagi BRICS sammitida ishtirok etish taklifini qabul qildi. Bu haqda Rossiya davlat rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Taklif Turkiya tomoniga yetkazildi, Erdo‘g‘an uni qabul qildi”, deydi Ushakov.

Kecha, 2 avgust kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi sanalari hali kelishib olinmagani, bu ish davom etayotganini aytgandi.

BRICS sammiti 2024 yilning 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika unga a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan  Xitoyga safari chog‘ida Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lmoqchiligi, bu masala ittifoq vazirlarining Nijniy Novgoroddagi yig‘ilishida muhokama qilinishini aytgandi. “Bloomberg” nashri esa manbalariga tayanib, Turkiya hukumati bir necha oy oldin BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirganini yozdi. Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey esa Xitoy rahbari Si Szinpin Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made