Erdo‘g‘an Rossiya S-400 ni qachon yetkazib berishini ma’lum qildi

Olam

image

Rossiya 10 kun ichida Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmuasini yetkazib beradi. Bu haqda Turkiya Prezideti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Erdo‘g‘an Yaponiyada o‘tgan “katta yigirmatalik” sammiti doirasida AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar savoliga javob qaytarayotganda  shunday bayonot bergan.

Erdo‘g‘an Turkiya Rossiyadan S-400 sotib olinishi ortidan AQSH bilan aloqalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni muammosiz bartaraf qila olishiga ishonch bildirgan.

G20 sammitida yakuniy matbuot anjumanida Erdo‘g‘an AQSH Turkiya S-400 sotib olyotgani uchun rasmiy Anqaraga nisbatan sanksya qo‘llamasligini aytgan. U shuningdek, rasmiy Anqara 100 ta F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishini kutayotganini eslatib o‘tgan.

Rasmiy Vashington va Anqara munosabatlari Turkiya rossiyadan S-400 ZRM sotib olayotgani sababli keskinlashgan. AQSH bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qattiq urinyapti. Amerika bir necha marta Turkiyaga sanksiyalar bilan va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotmay qo‘yish bilan tahdid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an AQSh-Turkiya S-400

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing