Erdo‘g‘an Rossiya bilan bahslashayotgan Ukrainaga boradi
Olam
−
20 yanvar 2022
6102Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ukrainaga tashrifi joriy yilning 3 fevraliga rejalashtirilgan. Bu haqda CNN Türk telekanali xabar bergan.
Bu kun Anqara va Kiyev o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyni ikki davlat o‘rtasidagi “ixtiloflarni bartaraf etish” uchun Turkiyaga taklif qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya Prezidenti o‘tgan yili Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda ishtirok etish istagini bir necha bor ta’kidlagan.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bu kabi bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch ishlatish bilan hal qilishga urinish eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.