Erdo‘g‘an reytingi o‘sishda davom etmoqda
Olam
−
02 noyabr 2022
6491Turkiyada ilk bor Erdo‘g‘an siyosatini ma’qullagan va norozi bo‘lgan fuqarolar soni o‘rtasida tenglikka erishildi.
Metropoll tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Turkiya Prezidentining ma’qullash reytingi ko‘rsatgichi 47,6 foizga yetgan.
So‘rovnomada ishtirok etgan mamlakat aholisining 47,8 foiz qismi Turkiya prezidentining faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
Bu 2021 yil avgustda qayd etilgan reytingdan keyingi ilk eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Erdo‘g‘an siyosatini ma’qullash 38 foizga tushib ketganidan so‘ng norozilik reytingi 47,8 foiz tashkil etgan edi.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi