Erdo‘g‘an Putinning taklifiga rozi

Olam

image

Turkiyada eng qisqa vaqt ichida xalqaro gaz markazi tashkil etiladi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 13 oktyabr kuni Ostonada rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan o‘tgan muzokara natijalarini sharhlar ekan, bu uchun eng munosib joy mamlakatning Yevropa qismidagi Frakiya mintaqasi ekanini aytdi. Bu haqda Prezident Qozog‘istondan qaytayotib, samolyotda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda so‘z ochgan. 

“Markaz uchun eng mos joy – Frakiya. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda biz Energetika vazirlariga tegishli ishlarni boshlashni topshirdik. Bizda [gaz uchun] milliy taqsimlash markazi bor, lekin u xalqaro bo‘ladi. Hech qanday kechikish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, mas’ullar kerakli muzokaralarni olib boradi va darhol ishga kirishadi. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘riladi va biz bu borada dastlabki ishlarni olib boryapmiz”, deydi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.  

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 oktyabr kuni Ostonada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Erdo‘g‘anga Turkiyada Yevropadagi eng yiriy gaz xabini tashkil etish taklifini bildirdi. Uning fikricha, ushbu gaz xabi gaz narxini aniqlash platformasiga aylanishi mumkin, bu esa bu masalani siyosiylashtirishni istisno qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing