Erdo‘g‘an Putin bilan Samarqandda gaplashib olishga kelishdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 3 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

“Suhbatda MAGATE missiyasining Zaporoje atom elektr stansiyasiga tashrifini tashkil etishda Rossiya Federatsiyasining konstruktiv roli ta’kidlandi”, deya xabar bermoqda Kreml Matbuot xizmati. 

Shuningdek, tomonlar Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgan. 

Prezidentlar 22 iyul kuni Istanbulda tuzilgan “don kelishuvi”ni amalga oshirish masalasini ham ko‘rib chiqqan. 

Davlat rahbarlari rejaga ko‘ra, Turkiyaning birinchi Akkuyu atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishga qat’iy ekanliklarini tasdiqlaganlar

“Prezidentlar Erdo‘g‘an va Putin rejalashtirilganidek, Akkuyu AES qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qat’iyatli ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar. Bu va boshqa masalalarning barchasini ikki rahbar Shanxay hamkorlik tashkilotining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan sammiti doirasidagi uchrashuvda batafsil muhokama qilishga kelishib oldilar”, deyiladi Kreml xabarida.

Qolaversa, 5 avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. 

Kreml “savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, jumladan, energetika sohasida qo‘shma strategik loyihalarni ilgari surish niyatini tasdiqlanganini” qo‘shimcha qildi. 

Turkiya Prezidenti Vladimir Putinga SSSRning birinchi va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.  

“Turkiya rahbari SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, uning Rossiya va butun dunyoning yangi tarixidagi muhim rolini qayd etdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing