Erdo‘g‘an Putin bilan Ostonada uchrashishni rejalashtirmoqda
Olam
−
24 iyun 2024 8106 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqin kunlarda Ostonada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Muzokaralar o‘tkazish niyatini Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan tasdiqladi.
“Yaqin kunlarda janob Prezident Qozog‘istonda janob Putinning o‘zi bilan uchrashishi mumkin”, deydi Fidan.
Tashqi ishlar vaziri Turkiya Rossiya rahbarining tashrifini kutayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning respublikaga safari davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvida muhokama qilinishi mumkin.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti'ga Putin va Erdo‘g‘anning Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida uchrashuv o‘tkazish imkoniyati o‘rganilayotganini tasdiqladi.
Turkiyaning “Habertürk” telekanalining xabar qilishicha, Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi bilan 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida uchrashishi kutilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr