Erdo‘g‘an Putin bilan nima haqida gaplashmoqchiligini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin kunlarda Rossiya donidan Afrikaga un yetkazib berish masalasini muhokama qilish istagida ekanligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida namoyish etilgan Turkiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida xabar berdi.

“Allaqachon Janob Putin Rossiya doni Afrika mamlakatlariga emas, balki Yevropaga yetkazib berilishini ta’kidlagan. Endi esa Putin “Keling, donni rivojlanmagan Afrika mamlakatlariga yuboraylik”, dedi. Men unga javoban “Siz don yuborasiz, biz undan un tayyorlaymiz va rivojlanmagan mamlakatlarga yuboramiz”, dedim.  Bizda shunday kelishuv mavjud. 2-3 kundan keyin biz muzokaralar olib boramiz, buni muhokama qilamiz”, deya ta’kidladi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiyadan o‘g‘itlarni jahon bozorlariga yetkazish uchun yordam berishga tayyor.

“Dunyoda o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoj bor. Biz ularni Rossiyadan muhtoj mamlakatlarga yuborishga harakat qilamiz”, deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing