Erdo‘g‘an partiyasi Istanbuldagi saylovlarni tan olmayapti
Olam
−
09 aprel 2019
5019Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rahbarlik qiluvchi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi istanbulda qaytadan mahalliy saylovlar o‘tkazishga erishmoqchi. Bu haqda ATP rais o‘rinbosari Ali Ihsan Yovuz ma’lum qildi.
“Biz Istanbulda saylovlar qaytadan o‘tkazilishi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilamiz. Bugun maxsus apellyatsiya topshiramiz va saylov natijalariga ta’sir o‘tkazgan hodisalarni ma’lum qilamiz”, degan Ali Ihsan Yovuz.
Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni Turkiyada o‘tgan mahalliy saylovlarda uzoq yillardan beri yetakchilik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi mamlakatning yirik shaharlari – Anqara, Istanbul va Izmirda yengildi.
Ammo ATP ovozlarni hisoblashda xatolik bo‘lgan, deb Istanbul va Anqarada qayta hisoblash o‘tkazish talabi bilan chiqdi. Istanbulda qayta hisoblash natijasida ATP foydasiga 12 mingdan ortiq ovoz qo‘shildi.
LiveBarchasi