Erdo‘g‘an NATO sammiti uchun AQSHga jo‘nab ketdi
Olam
−
09 iyul
2996Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun AQSHga tashrif buyuradi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
NATO tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan sammitda tashkilotning ittifoq geografiyasi uchun tahdid va xavflarga qarshi kurash va mudofaa sohasidagi sa’y-harakatlari haqida fikr almashiladi.
Shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tahlil qilish va mamlakatni qo‘llab-quvvatlash mavzusi bilan kun tartibi boshlanadi.
Qayd etilishicha, sammitda NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya rahbarlari, Ukraina Prezidenti va Yevropa Ittifoqi vakillari ham ishtirok etadi.
Prezident Erdo‘g‘anning sammit doirasida ishtirokchi ba’zi davlat va hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Xitoyga tashrifidan so‘ng NATO sammitida qatnashish uchun Vashingtonga uchib ketgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi