Erdo‘g‘an Makronni Fransiya uchun “ortiqcha yuk” deb aytdi
Olam
−
05 dekabr 2020
7300Kecha, 4 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni keskin tanqid qildi.
“Makron – Fransiya uchun ortiqcha yuk. Makron va Fransiya juda xavfli davrni boshdan o‘tkazyapti. Fransiya Makron ko‘rinishidagi muammodan imkon boricha tezroq qutulishiga umid qilaman”, degan Erdo‘g‘an.
Avvalroq, rasmiy Parij va Anqara ularning Tog‘li Qorabog‘ mojarosidagi roli borasida bir-birini ayblagandi. Fransiya Turkiyani Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urush chiqarishda ayblagan.
Erdo‘g‘an o‘z navbatida rasmiy Parij mojaro vositachi sifatida ishonchni yo‘qotganini ta’kidladi. U shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi Fransiya parlamenti tasdiqlagan rezolyutsiyani ham qoralagandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 dekabr kuni Fransiya parlamentining quyi palatasi tegishli rezolyutsiyani tasdiqladi. 25 noyabr kuni Senatda mutlaq ko‘pchilik Tog‘li Qorabog‘ni tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Unda Hukumat Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqirib, davlat rahbariyatini mintaqada bo‘layotgan ishlarga befarqlikda ayblagandi.
LiveBarchasi