Erdo‘g‘an Makron bilan yarashdi. Tomonlar muzokara o‘tkazdi
Olam
−
03 mart 2021
6700Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan videokonferens aloqa shaklida muzokara o‘tkazganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Makron bilan muloqotini “juda yaxshi” deb baholagan va Fransiya yetakchisi bilan ham ikki tomonlama munosabatlarni, ham mintaqaviy va xalqaro muammolar haqida gaplashganini aytgan.
Erdo‘g‘an Makronga Fransiyaning koronavirusga qarshi kurashini kuzatib borayotganini aytib, virusdan halok bo‘lgan fransuzlar uchun hamdardlik bildirgan.
“Fransua I va Sulton Sulaymon tomonidan maktub almashish bilan qo‘yilgan do‘stlik munosabatlari ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazganini ta’kidlab, Turkiya-Fransiya munosabatlari katta potensialga ega ekanini e’trof etdim”, degan Turkiya rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Erdo‘g‘an Turkiya va Fransiya birgalikda Kavkazorti, Yaqin Sharq va Afrikada tinchlikni ta’minlash, xavfsizlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shishi mumkinligini qayd etdi.
Qayd etish kerakki, Makron va Erdo‘g‘an munosabatlari bir necha oylardan beri yaxshi emasdi. Tomonlar Qorabog‘dagi harbiy to‘qnashuvlar fonida bir necha bor biriga qarata jiddiy bayonotlar bilan chiqqandi.
Rasmiy Parij va Anqara ularning Tog‘li Qorabog‘ mojarosidagi roli borasida bir-birini ayblagandi. Fransiya Turkiyani Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urush chiqarishda ayblagan.
Erdo‘g‘an bo‘lsa Fransiya ham hamrais hisoblangan Minsk guruhini 30 yil davomida Qorabog‘dagi muammoni hal qilmaganlikda aybladi. U hatto, Minsk guruhini bu muammoning hal bo‘lmasligi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilganini ta’kidladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr