Erdo‘g‘an Madriddan “xalta”sini to‘ldirib qaytyapti. Bayden F-16 larni berishga rozi bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anni F-16 qiruvchi samolyotlari masalasini AQSH Kongressi orqali hal etishga harakat qilishiga ishontirdi. Bu haqda 29 iyun kuni Turkiyaning NTV telekanali ikki davlat rahbarlarining NATO sammiti doirasida Madriddagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha xabar berdi. 

Turkiya Prezidenti NATO sammitiga borishdan oldin AQSHni F-16 qiruvchilarini yetkazib berish jarayonini kechiktirayotganlikda ayblagandi. 

AQSH Mudofaa vazirining tashqi ishlar bo‘yicha yordamchisi Selest Uollander esa Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari parkini modernizatsiya qilishni AQSH to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. 

“AQSH Turkiyaning F-16 flotini modernizatsiya qilish rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Uollander.  

Qayd etilishicha, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha o‘zining veto qo‘yish tahdidini bekor qilishga rozi bo‘lgach, AQSHning Turkiyaga nisbatan pozitsiyasi ham o‘zgargan.

Selest Uollanderning so‘zlariga ko‘ra, bu rejalar hali ham ishlab chiqilmoqda, Qo‘shma Shtatlar Turkiyaning kuchayishini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki u “NATO xavfsizligiga hissa qo‘shadi”. 

Avvalroq Turkiya AQSHdan 40 ta F-16 Block 70 rusumli qiruvchi samolyot va 80 ta Block 70 rusumli havo kemalarini yangilash to‘plamlarini so‘ragan edi. Anqarada F-16 ni sotib olish istagi Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olish munosabati bilan beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarilganidan keyin e’lon qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an F-16 Jo Bayden NATO sammiti

Baholaganlar

628

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing