Erdo‘g‘an keyingi uch oyda iqtisodiy tanglikdan chiqib ketishni va’da qildi

Olam

image

Turkiya joriy yilning uchinchi choragida pandemiya ortidan kelgan iqtisodiy zararlarni to‘liq bartaraf etmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 19 sentyabr kuni Istanbulning Yevropa va Osiyo qismlarini birlashtirgan 400 kilometrlik “Shimoliy marmar yo‘li” yo‘nalishining beshinchi bosqichi ochilish marosimida gapirdi. 

Turkiya metropolining shimolidagi Yavuz Sulton Selim osma ko‘prigi orqali o‘tadigan avtomobil yo‘li Istanbul orqali yuk tashishni sezilarli darajada yengillashtiradi. 

Yangi yo‘nalish tufayli Istanbul va Bursa o‘rtasidagi yo‘nalish bir yarim soatga qisqaradi. Metropoldan Eskishehir shahriga bor-yo‘g‘i 2,5 soat ichida borish mumkin bo‘ladi va Istanbuldan Izmir yoki Anqaraga sayohat vaqti 3,5 soatgacha pasayadi. 

Yo‘lning ochilish qismidagi ishtirokchilarga videokonferensiya orqali murojaat qilgan Erdo‘g‘an yangi yo‘nalish Istanbulning transport sig‘imini yengillashtirib va butun Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shishini aytdi. "Yangi yo‘nalish Turkiya iqtisodiyotiga har yili 595 million turk lirasini tejashga imkon beradi", deb tushuntirdi Prezident. 

Turkiya rahbari “Adolat va taraqqiyot partiyasi” iqtidorga kelgan davrda 81 viloyatning har birida iqtisodiy o‘sish qayd etilganini ta’kidladi. 

"Muayyan doiralar Turkiyaning rivojlanishini to‘xtatish, ichki muammolarini hal qilishiga to‘siq qo‘yish, Liviya, Suriya va boshqa mintaqalarda qadam bosishiga qarshi chiqishga urinmoqdalar. 2016 yil 15 iyuldagi harbiy to‘ntarishga urinish aynan shu narsaga qaratilgan edi. Xalq va hokimiyat birdam ekan, ular bizni to‘xtata olmaydi”, deydi Prezident. 

Erdo‘g‘an pandemiyadan eng kam zarar ko‘rgan mamlakatlar orasida Turkiya borligini esladi.  "Yilning uchinchi choragida barcha sohalarda pandemiyadan keltirilgan zarar bartaraf etiladi", deb va’da qildi u. 

Prezident Turkiya iqtisodiyoti uchun salbiy prognozlarni e’lon qilgan bir qator reyting agentliklari pozitsiyasiga e’tibor qaratdi: 

“Turkiya o‘z yutuqlari bilan investorlarning ishonchini pasaytirib, mamlakatimizga zarar yetkazishga urinayotgan reyting agentliklariga munosib javob beradi. Mamlakatimizni Afrika va Janubiy Amerikaning rivojlanmagan mamlakatlari bilan bir qatorga qo‘yishga urinishlar qabul qilinishi mumkin emas”. 

Shuningdek, u uchinchi chorakda ishsizlik darajasi pasayishini ham urg‘uladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing