Erdo‘g‘an ketish arafasida turgan Jonsonga qo‘ng‘iroq qildi
Olam
−
03 Sentabr 2022
5678Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkiya Prezident ma’muriyati qoshidagi Aloqa boshqarmasining ma’lum qilishicha, Turkiya va Buyuk Britaniya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Erdo‘g‘an suhbat chog‘ida Boris Jonson bilan o‘z faoliyati davomida yaqin muloqot o‘rnatganliklarini va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va tushunishga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishda davom etganliklarini qayd etgan.
Turkiya rahbari Anqaraning strategik hamkori va yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan munosabatlar kelgusi davrda ham ana shunday sog‘lom fikr va uzoqni ko‘zlagan holda chuqurlashib, rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, tez orada Jonson egallab turgan lavozimini tark etadi. U joriy yilning 20 iyul kuni Bosh vazir sifatida so‘nggi bor Jamoalar palatasida nutq so‘zlagan.
2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga Bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. U Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etadi.
LiveBarchasi