Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Qozog‘istonga keldi
Olam
−
13 may 1429 1 daqiqa
Bugun, 13 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan birga rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun Qozog‘istonga keldi. Bu haqda TRT xabar qildi.
Qayd etilishicha, diplomatik uchrashuvlar doirasida Erdo‘g‘an Ostonadagi ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng Turkistonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

U Mustaqillik saroyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazadi. Shundan so‘ng ikki davlat rahbari Turkiya–Qozog‘iston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishiga raislik qiladi.

Muzokaralarda kengaytirilgan strategik sheriklik darajasidagi ikki tomonlama aloqalar muhokama qilinishi kutilmoqda hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha qadamlar ko‘rib chiqiladi.

Tashrifning iqtisodiy qismida ikki davlat o‘rtasidagi 15 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish maqsadi hamda energetika sohasidagi hamkorlik loyihalari asosiy mavzular qatoridan joy oladi.
Shuningdek, ular Turkiya–Qozog‘iston biznes forumida qatnashib, ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashishi va investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
Live
Barchasi