Erdo‘g‘an Qora dengizdagi gazni qazib olish qachondan boshlanishini aytdi

Olam

image

Turkiya 2023 yilning birinchi choragida Qora dengizdagi yangi kondan 10 million kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS.

“Qora dengizda gaz qazib olishning shunday muhim bosqichiga yetganimizdan juda mamnunmiz. Turkiya 2023 yilning birinchi choragida Qora dengizdagi yangi kondan 10 million kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda”, deya ta’kidladi u.

Erdo‘g‘anga ko‘ra, Turkiya qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Qora dengizdagi konda gaz qazib olish 2026 yilga borib eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.

Avvalroq, Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Qora dengizdan yangi yirik gaz konini topganini, unda 135 mlrd kub metr gaz borligi aytgan edi.

Unga ko‘ra, Qora dengizda aniqlangan jami tabiiy gaz zaxiralari miqdori 540 milliard kub metrga yetgan. Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fotih Do‘nmez topilgan kon zaxiralari qiymati 65 mlrd dollarga yetishi mumkinligini aytgan. Bu orada yana bir turkiyalik mutaxassis, Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol kondagi gaz zaxiralarini 80 mlrd dollarga baholagan. 

Erdo‘g‘an gaz quvuri orqali yetkazib berish 2023 yildan kechiktirmay boshlanishini, konning ochilishini Turkiya tarixidagi yangi davr, energiya taqchilligi muammosini hal qilishga va kelajakda mamlakatni gaz eksport qiluvchi davlatga aylantirishga qodirligini aytgan.

Turkiya yetakchisiga ko‘ra, dengizdagi tabiiy gazni quruqlikka olib chiqish uch bosqichda amalga oshirililadi. Birinchi bosqichda dengiz tubida gaz qazib olish tizimlari joylashtiriladi, ikkinchi bosqichda gaz quruqlikda qayta ishlanadi va foydalanishga tayyorlanadi. So‘nggi, uchinchi bosqichda dengizdagi tizim va quruqlikdagi ob’ektlar o‘rtasida bog‘lovchi quvurlar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an Qora dengiz

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing