Erdo‘g‘an qachon iste’foga chiqishini aytdi
Olam
−
09 mart
11726Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an uzoq yillik hokimiyatdan so‘ng, 2028 yilda yangi prezidentlik muddatiga da’vogarlik qilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 8 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda joriy yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov bo‘ladi.
“Men uchun bu final. Qonun tomonidan menga berilgan mandatga ko‘ra, bu mening oxirgi saylovlarim bo‘ldi. Natijada mendan keyin keladigan ukalarimga ishlar o‘tkaziladi”, degan Erdo‘g‘an.
Qayd etish joizki, munitsipal saylovlar doirasida mamlakatdagi munitsipalitetlar rahbarlari uchun ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Ular hukmron partiya uchun juda muhim, chunki hozir eng yirik shaharlar – Istanbul va Anqarada muxolifat hokimiyat tepasida.
Ma’lumot uchun, 70 yoshli Erdo‘g‘an 2014 yildan buyon Turkiya Prezidenti, 2003 yildan buyon esa Turkiya Bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan. O‘tgan may oyida u navbatdagi prezidentlik muddatiga saylangan edi.
LiveBarchasi