Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingga keldi (video)

Olam

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi yirik mitingga bordi. U Turkiya OAVsida jonli translyatsiya qilinmoqda.

Turkiya rahbari Falastin bayrog‘i rangidagi sharf bilan ko‘rinish bergan. Miting Qur’on tilovati va duo bilan boshlandi.

Turkiyaning turli burchaklaridan Istanbulga Falastin va Turkiya bayroqlari bilan odamlar kelyapti, politsiya provokatsiyalarning oldini olish uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Miting tashkilotchilarining aytishicha, namoyishda ikki milliondan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Aksiya aeroport hududida bo‘lib o‘tyapti.

Ma’lumot uchun, kecha, 27 oktyabr oqshomida Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi tartibsizliklarga aylanib ketgan. Namoyishchilar Isroilning Istanbuldagi elchixonasiga pirotexnika otgan va yahudiy davlati harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun kafeni vayron qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘an Isroilni “jinnilik”ni bas qilib, G‘azo sektorini o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Shuningdek, Turkiya OAVsida Istanbuldagi mitingga bir necha davlatlar rahbarlari taklif etilgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing