Erdo‘g‘an Isroilga qarshi islomiy koalitsiya tuzishga chaqirdi

Olam

image
Erdo‘g‘anni Saddam osilgan dor kutyaptimi? north_east

Erdo‘g‘anni Saddam osilgan dor kutyaptimi?

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastinning HAMAS harakati nafaqat G‘azo sektorini, balki Turkiyani ham himoya qilishini aytdi va Isroil kengayishiga qarshi islomiy davlatlar koalitsiyasini tuzishga chaqirdi. Bu haqda u 7 sentyabr kuni Turkiya shimoli-g‘arbidagi Kojayeli shahrida so‘z ochdi. 

Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi mojaro Isroilning Falastinga qarshi urushi emas, balki “o‘z vatanini himoya qilayotgan musulmonlar va sionist ekspansionistlar o‘rtasidagi kurash” ekanini aytdi.

“Mamlakatimizda va boshqa musulmon davlatlarida ba’zilar bu masalani o‘zlaridan uzoq deb bilishadi va juda adashadi. Aytganimdek, Isroil G‘azoda to‘xtamaydi. Agar Isroil xuddi shu ruhda davom etsa, Ramalloh ishg‘ol qilinganidan keyin ham ko‘zlari boshqa joylarga tushadi. Navbat boshqa mamlakatlarga keladi, Isroil Livan va Suriyaga keladi, shundan so‘ng ular Dajla va Furot daryolari orasidagi hududlarimizni xohlashadi. Ular xarita oldida suratga tushganlarida bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiradi va G‘azoni bosib olish ular uchun yetarli emasligini e’lon qiladi. Shuning uchun biz HAMAS musulmonlar nomidan qarshilik qilmoqda deymiz, HAMAS nafaqat G‘azoni, nafaqat islom yurtlarini, balki Turkiyani ham himoya qilmoqda, deymiz”, deya ta’kidlaydi Erdo‘g‘an.

Uning ta’kidlashicha, Isroilning “davlat terroriga” qarshilik ko‘rsatish barcha musulmonlar uchun vazifa va ayni paytda milliy vazifadir. Uning so‘zlariga ko‘ra, islom davlatlari tahdidni tezroq tan olishi va bir-biri bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

“Misr va Suriya bo‘yicha qo‘ygan yangi qadamlarimiz ortib borayotgan ekspansionizm tahdidiga qarshi birdamlik chizig‘ini shakllantirishga qaratilgan. Barcha islomiy davlatlar bir nuqtada to‘xtab qoladigan Isroil ishg‘oliga nisbatan yagona pozitsiyani egallashlari kerak. Isroilning davlat terrori, takabburligi va banditligini to‘xtatadigan yagona qadam bu islom davlatlarini birlashtirishdir”, dedi Turkiya Prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Anqara va Misr o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayoni “G‘azo sektoridagi falastinliklarga foyda keltiradi”.

Erdo‘g‘an Anqara mintaqadagi do‘stlari sonini oshirishda davom etishiga, shuningdek, Turkiyaning tashqi siyosatdagi “manyovr maydoni”ni kengaytirishga va’da berdi.

“Misr va Turkiya mintaqaviy gumanitar inqirozlarning oldini olish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldilar”, degan Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 4 sentyabr kuni Turkiyaga ilk tashrifi chog‘ida.  

Erdo‘g‘an, o‘z navbatida, Qohira va Anqaraning Falastin inqirozi bo‘yicha pozitsiyalari bir-biriga mos kelishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Anqara Isroilga bir vaqtlar Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi “kirishi” mumkinligini aytgan edi. Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats bunga javoban Erdo‘g‘an Saddam Husayn yo‘lidan ketayotganini aytib, uni Iroqning sobiq rahbari taqdirini eslashga chaqirdi. Shuningdek, Kats NATOga a’zo barcha davlatlarni Turkiyani blokdan zudlik bilan chiqarib yuborishga chaqirdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing