Erdo‘g‘an Isroil rahbari bilan “Al-Aqso” haqida gaplashib oldi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil hukumati musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Quddusdagi “Al-Aqso” masjidining kvo-maqomini saqlab qolishiga umid qilmoqda. Bu haqda u Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

Turkiya Prezidenti ma’muriyati huzuridagi aloqa bo‘limining xabar berishicha, telefon muloqoti Isroil tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Yair Lapid, Qurbon hayiti munosabati bilan Prezident Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilgan.

Telefon muloqoti chog‘ida Turkiya va Isroil rahbarlari o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Turkiya Prezidenti Yair Lapidni Bosh vazir lavozimiga kirishgani bilan tabriklagan.

Suhbat davomida Erdo‘g‘an, 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar Isroil xalqiga omad keltirishini tilagan.

Turkiya rahbari Isroil hukumati saylovlargacha Falastin yerlarida yahudiy aholi punktlarini kengaytirishdan voz kechib, “Al-Aqso” masjidining kvo-maqomini saqlab qolishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing