Erdo‘g‘an islomofobiya kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi
Olam
−
21 Sentabr 2022
8845So‘nggi yillarda irqchilik, kamsituvchi, ksenofobiya va islomofobik qarashlarning kuchayishi bizni chuqur xavotirga solmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 20 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so‘z ochdi
Uning qayd etishicha, xalqaro tizim turli inqirozlar bilan larzaga kelgan bu davrda insoniyatni kutayotgan eng katta xavf-xatarlardan biri “birga yashash” irodasini yo‘qotishdir.
Prezident ErdO‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi minbaridan Yangi Zelandiyada musulmonlarga qarshi uyushtirilgan terror hujumi sodir etilgan 15 martni “Xalqaro islomofobiya va islomga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilishga chaqirganini eslatdi. Bu chaqiriq avval Islom hamkorlik tashkilotida, keyin esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida qabul qilingan qarorlar bilan hayotga tatbiq etilganini aytdi.
Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatning islomofobiyaga qarshi kurashdagi qat’iyligining belgisi sifatida ko‘rgan bu yondashuvning amalda o‘z aksini topishiga chin dildan umid qilishini bildirgan.
“Oldin ham ko‘p marta ta’kidlaganimdek, biz islomofobiyani antisemitizm kabi insoniyatga qarshi jinoyat sifatida ko‘ramiz”, deydi Prezident
LiveBarchasi