Erdo‘g‘an BMTda Islom va musulmonlar manfaatlarini himoya qildi

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 15 mart kuni 4 nafar qurollangan terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, juma namozini o‘qiyotgan musulmonlarga qarata o‘q uzgandi. Ushbu ommaviy qirg‘in natijasida 51 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi yaralandi. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 74-majlisida 15 mart sanasini BMT tarafidan Islom dushmanligiga qarshi xalqaro birdamlik kuni deb e’lon qilinishini talab qildi. 

“Men Islom olamini, ayniqsa, o‘z ichki kurashlarining asosi bo‘lgan va siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi vositasi sifatida ishlatilayotgan sunniy-shia mazhabidagi farqni chuqur hisobga olishga chaqirmoqchiman”, deydi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning fikricha, dunyoning tinchligiga rahna solayotgan eng katta omillar – millatlararo to‘qnashuvlar, irqchilik va islom diniga qarshi harakatlarning yuksalishidir. Uning fikricha, musulmonlar tahqirlanish bobida birinchi o‘rinda. 

“Musulmonlar nafratli so‘zlar, muqaddas narsalariga nisbatan haqorat va kamsitishga duchor bo‘lganlar ro‘yxatining eng boshidan o‘rin olmoqda. Buning yorqin namunasi shu yilning mart oyida Yangi Zelandiyada sodir etilgan terroristik hujumdir. Kraystcherchda musulmonlarga qaratilgan terrorchilik harakati qanchalik noto‘g‘ri bo‘lsa, Shri-Lankada xristianlarga, Amerikada nasroniylarga qaratilgan teraktlar ham shunchalik noto‘g‘ridir. Bu g‘azabning kelib chiqishiga ko‘plab sabablar bor, albatta. Bundan ishlar ortida ayrim doiralarni qo‘zg‘atib, qo‘llab-quvvatlovchilarini ko‘paytirish istagida bo‘lgan siyosatchilar yoki so‘z erkinligini bahona qilib nafratini nutqida bemalol ifoda etayotgan va buni oddiy holga aylantirgan kimsalar bor”, deydi Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namozidan so‘ng, 15 mart kuni Yangi Zelandiyada amalga oshirilgan qonli harakatlarda halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga Qur’oni karim o‘qilib, tilovat qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an BMT Yangi Zelandiya Islom dini

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing